JO‘SH OTA ISTIROHAT BOG‘IDA NAVRO‘Z TANTANALARI KENG NISHONLANDI

Image_tadbir: 

Joriy yilning 17-mart kuni Jo‘sh ota istirohat bog‘ida “Navro‘z” ayyomi tantanalari ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Ko‘rgazmali namoyishlar tashkil etilib, bayram dasturxonlari tuzaldi.
Tashkil etilgan tantanalarda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va sektor rahbarlari hamrohligida tuzalgan dasturxonlar, milliy buyumlar ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Tadbirda maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, mahallalar xodimlari tomonidan milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi xalq og‘zaki ijod namunalari, turli xil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, Navro‘z bayram tadbirlari davom etar ekan, Jo‘sh ota istirohat bog‘ida  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkinjon Qaytarov hamda yoshlarning suyukli san’atkori xushovoz xonanda Gulinur ijrolaridan eng sara qo‘shiqlari yangrab, Qo‘shrabotliklarga va tashrif buyurgan mehmonlarga haqiqiy bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

 

 

 

 

 

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM