Maktablarda so'nggi qo'ng'iroq chalindi

25-may - "So'nggi qo'ng'iroq", bu so'zni eshitganimiz bilan har birimizning qalbimizda o'zgacha kechinmalar, maktab davridagi xotiralar yodimizga keladi.

Qo'shrabot tuman markazidagi 82-umumta'lim maktabida ham "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri tashkil etilib, unda tuman hokimi D.Shakarboyev so'zga chiqib, barcha bolajonlarni muborakbod etdi va boshlanayotgan yozgi ta'tilda ham vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarini, kelgusida o'zlarining bilimlari bilan yurtimizning rivojiga munosib hissa qo'shishlari lozimligini ta'kidladi. Tadbir davomida a'lo baholarga o'qigan bitiruvchilar va ularning ota-onalari tuman hokimining faxriy yorliq va tashakkurnomalar, badiiy kitoblar topshirildi.
Tadbir avvalida, Dilshod Shakarboyev bitiruvchilarga  Prezidentimizning bayram tabrigini o'qib eshittirdi.

 

 

 

 

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM