Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va arzonlashtirilgan qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot

Tumanda tuman aholisi (135,5 ming) uchun tibbiy me’yor bo‘yicha
2022-2023-yillar qish-bahor mavsumida (6 oy davomida) asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 2886 tonna kartoshka, 1355 tonna piyoz, 1795 tonna sabzi, 515 tonna guruch, 2229 tonna o‘simlik yog‘i, 39083 tonna shakar, 4682 tonna bug‘doy (un, non, makaron), 19986 dona tuxum talab etilishi hisob-kitob qilingan.

Ushbu talabni qondirish, ichki bozorda oziq-ovqat uzluksizligi va narxlar barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rib borilmoqda, jumladan:

Tumanda 2022-2023-yillar qish-bahor mavsumida tuman aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda narx-navo barqarorligini saqlab turish maqsadida, tumandagi fermer xo‘jaliklari va yirik tadbirkorlik subyektlari tomonidan hokimliklar zaxirasiga jami 431 tonna kartoshka, 292 tonna piyoz, 141 tonna sabzi, 40 tonna guruch mahsulotlari omborxonalarga jamg‘arilib, dehqon bozorlari va savdo yarmarkalariga sotuv uchun chiqarila boshladi.      

Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan “Oziq-ovqat jamg‘armasi” hisobidan tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga asosiy turdagi mahsulotlar zaxirasini yaratib, narx-navo barqarorligini saqlab turish maqsadida, 550,0 mln.so‘m mablag‘ ajratib berildi.

Arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari haftaning har juma kuni Qo‘shrabot dehqon bozorida, shanba kuni Oqtepa dehqon bozorida, yakshanba kuni Jo‘sh dehqon bozori hududida, dushanba kuni Uzumzor chamani dehqon bozorida hamda haftaning qolgan kunlari tuman markazidagi “O‘rikzor” savdo markazida tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur yarmarkalarda kartoshka 3 500-4 000 so‘mdan, sabzi 2 500 so‘mdan, piyoz 3500-7 000 so‘mdan, go‘sht 60 000 so‘mdan, tuxum
1 400 so‘mdan,  shakar 12 000 so‘mdan, paxta yog‘i (5 l
itr) 88 000 so‘mdan sotilmoqda.

Dehqon bozorlari va savdo yarmarkalarida sektor rahbarlari, prokuratura departamenti, soliq va monopoliya boshqarmalari tomonidan narxlar barqarorligi doimiy nazoratga olib borilmoqda.

Bundan tashqari, barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar ustidan jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilgan.

Tuman bo‘yicha yetishmaydigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari grafik asosida hududlarda narxlar barqarorligini saqlab turish maqsadida intervensiya qilib borilmoqda.

2015-2024 © Хокимият Кушработского района. Разработан в: SAKTRM