
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali joriy yilning 17-iyulidan 6-avgust kunigacha fuqarolar tomonidan 2023-yil 2-mavsumda jami 157 ta takliflar ilgari surilgan bo‘lib, ulardan 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori tegishli bandlariga asosan saralab ovoz yig‘ish jarayonida tumanimizning 45 ta mahallalari tomonidan bildirilgan jami 127 ta takliflar ovoz yig‘ish jarayoniga o‘tdi.
Saralash jarayonigacha takliflar quyidagi sohalar bo‘yicha berilgan:
- Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 52 taklif,
- Umumta’lim maktablari bo‘yicha 22 ta,
- Bolalar va yoshlar sport masalalari bo‘yicha 14 ta,
- Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha 7 ta,
- Elektr energiyasi masalalari bo‘yicha 7 ta
- Va qolgan boshqa sohalar bo‘yicha 25 ta takliflar keyingi bosqichga o‘tgan.
Ovoz to‘plash bosqichi 2023-yil 27-avgust kuni boshlanib shu yilning 16-sentyabr kuni yakunlandi.
2023-yil 2-mavsum ovoz berish yakunlariga ko‘ra jami 4 ta loyiha takliflari aftomatlashgan axborot tizmi orqali g‘olib deb topildi.
- “Qo‘shtamg‘ali” MFY “Qishloqqa tutashadigan 2357 metr yoʻlga asfalt qoplamasini yotqizish” taklif loyihasi 15 363 ta ovoz bilan birinchi o‘rinni
- “Shavona” MFY Shamolli qishlog‘i 2 200 metr ichki yo‘lini ta’mirlash, asfalt qoplamasini yotqizish (eni 4 metr)” taklif loyihasi 14 317 ta ovoz bilan ikkinchi o‘rinni.
- “Shavona” MFY “To‘labosti va Istiqbol qishloq qabristoniga olib boruvchi yo‘lning 2500m×4,5m=11250 kv. metrga asfalt qoplamasi yotqizish ishlarini amalga oshirish” taklif loyihasi 11 202 ta ovoz bilan uchinchi o‘rinni.
- “Qo‘rg‘on” MFY “Qo‘rg‘on 2-ko‘chasiga 2 200 metr asfal yotqizish” taklif loyihasi 11 050 ta ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Yuqorida qayd etilgan g‘olib takliflar uchun jami 5 892 200 308 so‘m mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.