Qo‘shrabot tuman mahalliy byudjetining 2022-yillik ijrosi hamda amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot

          Аssalomu alaykum hurmatli fuqarolar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlariga xarajatlarni moliyalashtirish har oyning 1-4-sanalarda va avans tolovlari 15-18-sanalarida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar tumandagi barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish xaqi to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib, tijorat banklari orqali to‘lanib kelinmoqda.

         Hammamizga maʼlumki, respublikamizda so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va boshqa barcha sohalarimizda tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Moliya vazirligi tomonidan ham bir qator islohotlar amalga oshirilib, bugungi kunda byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan tuzilgan shartnomalar va to‘lov toshiriqnomalari to‘liq elektron tarzda almashinuviga erishildi. Elektron hujjatlar almashinuvining yo‘lga qo‘yilishi natijasida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 3 kundan 1 kunga qisqarishiga, qog‘oz xarajatlarining kamayishiga, byudjet tashkilotlarning g‘aznachilikka kelib ketadigan vaqti 3 barobarga qisqarilishiga erishildi.

Shu bilan birga 2022-yil yanvar oyidan bugungi kunga qadar tuman G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan ijtimoiy nafaqalar uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar tuman bo‘yicha jami 48 504,9 mln. so‘mni tashkil qilib, shundan kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi 47 082.4 mln. so‘m, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam
1 422.5 mln. so‘m, Davlat – xususiy sherikchilik asosidagi va oilaviy maktabgacha taʼlim muassasalari uchun subsidiyalarga 15 897,4 mln. so‘m to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirib kelinmoqda.

          O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash va uning tartib taomillarini amalga oshirilishida Moliya vazirligi va Tovar xomashyo birjasi bilan birgalikda ish olib bormoqda.

          Joriy yil davomida davlat xaridlarini elektron auksion tizimi orqali amalga oshirilishi tufayli, tumanimiz byudjet tashkilotlari tomonidan 504 ta 4 835,6 mln. so‘mlik boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha auksion o‘tkazildi va 976,0 mln. so‘mlik byudjet mablag‘lari tejalishiga erishildi.

          Bundan tashqari, davlat xaridlarini elektron do‘kon tizimi orqali amalga oshirilishi natijasida, tumanimiz byudjet tashkilotlari tomonidan 962 ta 8 415,3 mln. so‘mlik boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha savdo o‘tkazildi va 1683,0 mln. so‘mlik byudjet mablag‘lari tejalishiga erishildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM