Navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi

Bugun Yuqori Saroy mahallasi fuqarolari uchun ushbu hududda joylashgan 15-maktab binosida Qo‘shrabot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli  bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan yoshlar, xotin-qizlar, tadbirkorlar va mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.    

Qabul davomida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik qilish uchun amaliy yordam, moddiy va tibbiy yordam olish, ish bilan ta’minlash, elektr energiyasini yaxshilash, ichki yo‘lni ta'mirlash, hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish va shu kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi hamda muddat talab etiluvchi murojaatlarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM