Yashil makon dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot

       Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qo‘shrabot tumanida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunga asosan tumanimizda joriy yilning bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 448 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.

Tumanda 2023-yil 18-mart kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman hokimligi binosida seminar tarzida o‘tkazilgan tadbirda jami 12 gektar yer maydoniga 11150 ta manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalari ekildi.

Joriy yil kuz mavsumida 448000 ta manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 116346 ta manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalar ekildi.

Shundan:

Qishloq xo‘jaligi yerlarida ihota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda 3208 dona:

Qishloq xo‘jaligi yerlariga 18715 dona:

Fermer xo‘jaliklari va klasterlar ekin yer maydonlari chetlariga 234570 dona:

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi 8389 dona:

Tuman hududidagi katta yo‘l yoqasiga 3000 dona:

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi 199934 dona:

Xizmat ko‘rsatish korxonalari 20542 dona:

O‘rta ta’lim muassasalari yerlariga 5570 dona:

Xalq ta’limi bo‘limi va maktabgacha talim bo‘limi  yerlariga  5549 dona:

Tibbiyot bo‘limi yerlariga 5710 dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish ishlari joylarda davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM