Hududda aholini gaz bilan ta’minlash holati: sohadagi muammo va kamchiliklar

Tumanimizda gaz ta’minoti bo‘yicha 4050 ta xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlangan. 63 ta ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz bilan ta’minlanib kelmoqda. Shuningdek, 21848 ta aholi iste’molchilari va 21 ta maktabgacha ta’lim muassasalari suyultirilgan gaz ta’minoti bilan ta’minlanib kelinmoqda. Muxtaram Prezidentimizning 4840-sonli qarori bo‘yicha aqlli ASKUG gaz hisoblagichlarni o‘rnatish bo‘yicha 63 ta ulgurji iste’molchilari  to‘liq ASKUG gaz hisoblagichlari o‘rnatilgan. Shundan aholi istemolchilari 4050 tadan 3987 tasida ASKUG gaz hisoblagichlari o‘rnatilishi tugallangan. Hozirgi kunda iste’molchilarga ASKUG gaz hisoblagichlari 98 foiz xonadonlarga o‘rnatilgan bu qilinayotgan ishlar inson omili aralashmasligi gaz hisobi avtomatik tarzda yuritilishi, iste’molchilarga har tomonlama qulaylik keltiradi. Suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan 45 ta mahallalardagi aholi iste’molchilari 21848 ta iste’molchilarga ID-karta orqali tarqatib kelinmoqda. 2023-yil uchun 383 ta xonadonni maishiy gaz ballon bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Kamchiliklar va takliflar Qiyqim-Zarmitan tarmog‘i 38 km bo‘lib kuz-qish sovuq kunlarida gaz quvurlarida yorilish, uzilish kuzatildi. Ushbu kamchliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 4 ta kampisator Qiyqim mahallasida joylashgan 200 ruduk yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasini almashtirish va to‘liq kapital ta’mirlash taklifi berilgan.   

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM