Xotira bor ekan – millat barhayot

Bugun erta tongdan tumanimizdagi "Motamsaro ona" xotira maydonida va "Jo‘sh Ota" MFYda 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tuman sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari va xodimlari, keng jamoatchilik ishtirokidagi mazkur tadbirda o‘tganlar xotirasi eslandi hamda gulchambarlar qo‘yilib, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Shuningdek, mehnat faxriylari, nuroniylar ishtirokida o‘tganlar xotirasi yod etildi.

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM