Ўз кучини йўқотган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар

ҚЎШРАБОТ ТУМАН ҲОКИМЛИГИНИНГ ЎЗ КУЧИНИ ЙЎҚОТГАН ҚАРОРЛАРИ РЎЙХАТИ 

 

1. Tuman hokimining 2017-yil 24-oktabrdagi 1833-Q-sonli qarori, o‘zgartirish kiritilgan Viloyat hokimining 2017-yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni haqida”gi 605-Q-sonli qaroriga muvofiqlashtirilsin.

2.   Tuman hokimining 2018-yil 17-maydagi 1322-Q-sonli qarori, o‘zgartirish kiritilgan Viloyat hokimining 2018-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son Qarori haqida”gi 284-Q-sonli qaroriga muvofiqlashtirilsin.

3. Viloyat hokimining 2017-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli “Aholi punktlari qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 365-Q-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi tuman hokimining 2017-yil 19-iyuldagi 1449-Q-sonli qarorining 2-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Arxitektura va qurilish bo‘limi”, “Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi” so‘zlari “tuman Qurilish bo‘limi”, “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. Viloyat hokimining 2018-yil 31-avgustdagi “O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi “Fuqarolar yig‘inlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda Fuqarolar yig‘inlari raislarning o‘rinbosarlari-yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 688-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 588-Q-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi tuman hokimining 2018-yil 31-avgustdagi 1950-Q-sonli qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mahallalarda futbol maydonlarini qurish uchun O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish”.

5. Viloyat hokimining 2020-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi “Respublikada tez o‘suvchi va sanoatbop pavloniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 130-Q-sonli qarori  ijrosini ta’minlash to‘g‘risidigi tuman hokimining 2020-yil 29-avgustdagi 2953-Q-sonli qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman bo‘limi,   pavloniya plantatsiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 89 gektardan kam bo‘lmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar, o‘rmon fondiga qarashli yerlardan o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari elektron-onlayn auksion orqali, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yohud qishloq xo‘jaligining sifati yomon yerlari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi”.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM