BIZNING KO'CHADA HAM BAYRAM BOSHLANDI

Hayotimizning qay jabhasiga qaramang olg'a siljishlar, yangi-yangi imoratlar va obodonlashtirishga duch kelasiz. Qo'shrabot tumani Qovunchi mahallasi Jonbuloq qishlog'ida ishga tushgan "Bolalar mobil bog'chasi" ham jajji ukajon-u singiljonlarimiz quvonchiga quvonch qo'shdi. Davlatimiz tomonidan bunyod etilgan ushbu bog'chada bolajonlarning mazmunli dam olishi uchun qulay sharoitlarning bari mujassam. Farzandlarini o'yingohga olib kelgan ota-onalarning yuzlarida quvonch va shukronalikni ko'rmoqdamiz. Bu kabi inshootlar nafaqat bolajonlarimiz va ota-onalar quvonchi, balki qishloq ko'rkamligi va uning infratuzilmasini tubdan o'zgarishi yo'lida katta bir bosqich deb ayta olamiz. Bog'chada mazza qilib o'ynayotgan bolajonlarni kuzatar ekanman, ularga havas qildim. Ular mazza qilib, baxtiyor bolalik gashtini surmoqda. Ular garchi yurtimizning chekka bir hududidagi qishloqda istiqomat qilib kamolga yetayotgan bo'lsalar-da, yurtboshimiz va davlatimizning ga'mxo'rligidan bebahra emas. Muhtasham qilib qurilgan bolalar o'yingohidagi jajji o'g'il qizlarimizning quvnoq qahqahalariga oshno bo'lar ekanman, mustaqilligimizga, olloh bergan ne'matlarga shukrona aytdim.

Abduvahob Zaripov,
Samarqand davlat universiteti doktaranti. 50-maktab ijodiy madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi 

2015-2021 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM