QO‘ShRABOT TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I O‘RINBOSARINING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Joriy yil 16 mart kuni DSQ ga Prezident Sh.Mirziyoevning tashrifi davomida sohani takomillishatirish, “Soliqchi ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan muloqot qilish, muammolarni o‘rganish, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish lozimligi bo‘yicha bir qator topshriqlar berildi.

Topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida 30 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Kattao‘rg‘on  shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda Qo‘shrabot tumanidan 50 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, 2022-yilning I choragi davomida Viloyat soliq boshqarmasi va tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 2 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qaryib 150 ta tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda tumanimizda 1312 taga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi. Yilboshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 363 ta korxonaning 208 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 200 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Qo‘shrabot tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirishishlari natijasida 208 ta korxonadagi 457 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 15 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 107 nafar, hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 335 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 67,2 million so‘m qo‘shimcha mablag‘  yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keying yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020-yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘I esa 5 foizdan 1,5 foizga tushdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘I 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Natijada, tumanimiz tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,3 baravar ko‘payganligi ko‘rinadi. 

2022-yilning I choragi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 9 milliard 479.6 million so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 97% i bajarildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar, 942.5 million  so‘mi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 6 milliard 
470.3
million  so‘m yoki 68  foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 697.2 million  so‘m yoki 7 foizini Aylanmadan olinadigan solig‘i,
909.7 million  so‘m yoki 10 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘I hamda qolgan
1 milliard 369 million  so‘m yoki 14.4 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Joriy yilning I choragi mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 31 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 20 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan 7 nafar fuqarolarning bank plastik kartasiga 4.0 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

Hurmatli tadbirkorlari! Qo‘shrabot tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

 

 

Qo‘shrabot tumani davlat

soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.v.b.                                          A.Januzakov

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM