“Open budget”: Sarhisob va istiqbol

Tuman ishchi guruhining 2022-yil 2-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarorlari asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.

“Ochiq byudjet” portalining tashkil etilishidan maqsad, bevosita fuqarolar tashabbus va talablarini inobatga olgan holda hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan 2022-yil
 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi 651,6 mln. so‘m, tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 2,5 foizi 3264,5 mln. so‘m Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi. Jamg‘armada 2022-yil boshida 352,0 mln. so‘m qoldiq mablag‘i mavjud bo‘lib,
 2021-yilda g‘olib bo‘lgan takliflarni amalga oshirishda 35,6 mln.so‘m mablag‘lar iqtisod qilinib, jamg‘armadan 1-mavsumda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun jami 4303,7 mln. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

 “Ochiq byudjet” axborot portali 3 bosqichda amalga oshirildi:

1-bosqich. Fuqarolar tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtirildi. Bu jarayon joriy yilning 1-fevraldan 22-fevralgacha davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig‘ida 116 ta takliflar kelib tushdi.

2-bosqich. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarori va bu boradagi Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 28-sentabrdagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-30-25-7-97-K/21-sonli qarori bilan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh fuqarolar tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirilgan loyihalarni mezon me’yorlariga asosan tanlab olishdi. Jarayon joriy yilning 23-fevralidan 4-martgacha davom etdi. Bunda, ishchi guruhi tomonidan takliflarning mezonga mosligi va taklif loyihalarining so‘mmasiga aniqlik kiritildi. Ushbu jarayonda ishchi guruhi tomonidan qiymati 4301 mln so‘mlik 6 ta takliflar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi va taklif mualliflarining shaxsiy kabinetiga takliflari ovoz berish uchun qabul qilinganliga to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi. Qolgan 58 ta taklif mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi va bir-birini takrorlaganligi hamda taklifning amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshganligi sababli rad javobi berildi va taklif bergan fuqarolarning shaxsiy kabinetiga rad etishning sabablari to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.

3-bosqich. Ishchi guruh tomonidan mezon me’yorlariga asosan tanlab olingan loyihalar “Ochiq byudjet” axborot portaliga ovoz berish uchun joylashtirildi. Jarayon joriy yilning 5-martdan 4-aprelgacha davom etdi. Bu jarayonda 10529 ta (jami aholi soniga nisbatan 7,7 foiz) ovoz berildi.

Yakuniy xulosa ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida, shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib aniqlandi. Bunda, amalga oshirish qiymati 4301 mln. so‘mni tashkil etgan 6 ta loyihalar (7559 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi. Ya’ni,

“Tumandagi  Shovana MFY yo‘llarini ta’mirlash” taklifi 2253 ta ovoz bilan
1-o‘rinni;

“Tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 66-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurish” taklifi 1576 ta ovoz bilan 2-o‘rinni;

“Tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablariga interaktiv doska bilan ta’minlash ” taklifi 1000 ta ovoz bilan 3-o‘rinni;

“Tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 85-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurish” 4-o‘rinni;

“Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 60-umumta’lim maktabiga ichimlik suvi chiqarish hamda temir panjara  to‘siq o‘rnatish” taklifi 956 ta ovoz bilan 5-o‘rinni;

Tuman davlat maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli DMTTlari modiy texnik bazasini mustahkamlash uchun yumshoq mebel va oshxona jihozlari bilan ta’minlash” taklifi 798 ta ovoz  bilan 6-o‘rinni qayd etdi.

G‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarni aniqlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 12-apreldagi VI-40-45-7-97-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Har bir loyiha uchun buyurtmachi tashkilotlarga “401722...” mablag‘lar manbasi bilan alohida hisobvaraqlar ochgan holda mablag‘lar o‘tkazib berildi va axborot portalida “g‘olib” deb topilmagan boshqa loyihalar moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 12-apreldagi
VI-40-45-7-97-K/22-sonli qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hisobidan,

1-o‘rinni egallagan “Tumandagi  Shovana MFY yo‘llarini ta’mirlash” taklifini amalga oshirish uchun 600,0 mln.so‘m;

2-o‘rinni egallagan “Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 66-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurish” taklifiga 1021,0 mln.so‘m;

3-o‘rinni egallagan “Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablariga interaktiv doska bilan ta’minlash ” taklifiga 1080,0 mln.so‘m;

4-o‘rinni egallagan “Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 85-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurishtaklifiga 920,0 mln.so‘m;

5-o‘rinni egallagan “Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 60-umumta’lim maktabiga ichimlik suvi chiqarish hamda temir panjara  to‘siq o‘rnatish taklifiga 80,0 mln.so‘m;

6-o‘rinni egallagan Tuman davlat maktabgacha ta’lim  bo‘limiga qarashli DMTTlariga modiy texnik bazasini mustahkamlash uchun yumshoq mebel va oshxona jihozlari bilan ta’minlash” taklifiga 600,0 mln.so‘m, jami 4301,0 mln. so‘m mablag‘lar ajratildi.

Bugungi kunda ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Jumladan,

1-o‘rinni egallagan “Tumandagi  Shovana MFY yo‘llarini ta’mirlash” taklifini amalga oshirish uchun taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali e’longa joylashytirilgan pudratchini aniqlash davom etmoqda.

2-o‘rinni egallagan “Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 66-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurish” taklifini amalga oshirish uchun bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari shakllantirildi. Pudratchi korxonani aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tendirda “Urolov O‘tkir qurilish” MCHJ g‘olib chiqdi. Bugungi kunda ushbu MCHJ o‘rtasida loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzilib loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.

3-orinTumandagi Xalq talimi bolimiga qarashli muassasalarda talim sifatini yanada oshirish va takomillashtirish maqsadida maktablarga zamonaviy tipdagi interaktiv doskalar sotib olish taklifini amalga oshirish uchun loyiha doirasida ajratilgan pul mablaglari davlat haridlari portalida elonga joylashtirilib, yutib olgan jihozlar  ta’minotchilar tamonidan Xalq talimi bolimiga yetkazib berilgan.

4-o‘rinni egallagan “Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 85-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurish” taklifini amalga oshirish uchun bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari shakllantirildi. Pudratchi korxonani aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tendirda “Mirzo G‘olib invest” MCHJ g‘olib chiqdi. Bugungi kunda ushbu MCHJ o‘rtasida loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzilib loyihani amalga oshirish uchun qurilish ishlari boshlab yuborildi.

5-o‘rinni egallagan “Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 60-umumta’lim maktabiga ichimlik suvi chiqarish hamda temir panjara  to‘siq o‘rnatish” loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portaliga pudratchi tashkilotni aniqlash uchun davlat haridlari portalida elonga qoyilgan.

6-o‘rinni egallagan Tuman davlat maktabgacha ta’lim  bo‘limiga qarashli DMTTlariga modiy texnik bazasini mustahkamlash yumshoq mebl va oshxona jihozlari bilan ta’minlash” taklifini amalga oshirish uchun loyiha doirasida ajratilgan pul mablaglari davlat haridlari portalida elonga joylashtirilib, yutib olgan jihozlar  taminotchilar tamonidan xalq talim bolimiga yetkazib berilgan.

Mening yo‘lim loyihasi bo‘yicha 20 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, Qo‘shtamg‘ali MFY Qorakissa-1 ko‘chasi 5133 ta ovoz bilan g‘olib deb topilgan loyiha doirasida 1020 mln.so‘m pul mablag‘lari tuman obodonlashtirish bo‘limiga hisob raqam ochilib o‘tqazib berilgan va loyiha to‘liq yakunlangan.

Ushbu jarayonlarning barcha bosqichlari jamoatchilik hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida o‘tkazilishini ta’minlash hamda loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlarni sifatli tarzda amalga oshirilishi (tovar yoki xizmatlarni xarid qilinishi) hamda bajarilgan ishlarni loyiha tashabbuskorlari ishtirokida qabul qilib olinishini ta’minlash bo‘yicha tizimli nazorat o ‘rnatilgan.

Shuningdek, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da “Tashabbusli byudjet” loyihasiga alohida e’tibor qaratilganligini inobatga olib, ushbu jarayonlarni shaffof tarzda o‘tkazilishini, g‘olib deb topilgan loyihalarni qisqa muddatlarda hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi o‘rtasida tizimli ravishda keng yoritib borilishini ta’minlash maqsadida, tuman hokimligi Moliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligining rasmiy veb-saytida o‘ndan ortiq maqola va video ro‘liklar joylashtirildi hamda “Istiqbol sari” gazetasiga 3 marotaba maqola chop etildi va bir marotaba kun.uz ijtimoiy tarmog‘iga g‘olib takliflar yoritilishi ta’minlandi.

2015-2022 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM