TUMANNING EKSPORT IMKONIYATLARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

TUMANNING EKSPORT IMKONIYATLARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

Tumanimizda 2022 yil uchun eksport prognoz rejasi 3 mln 549 ming AQSH dollari etib belgilangan. (q/x mahsulotlari 2 mln 785 ming dollar, sanoat
764 ming AQSH dollari)

 2022 yil yanvar-noyabr oyi rejasi 3 mln 221 ming AQSH dollari etib belgilagan bo’lib, 2022 yil 25 noyabr holatiga 2 mln 984 ming AQSH dollari
(
91 foiz) miqdorida mahsulotlar eksportga chiqarildi. (qishloq xo’jaligi mahsulotlari 2 mln 413 ming AQSH dollari, sanoat 567 ming AQSH dollari)

Yil yakuniga qadar 565 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksporti ijrosini ta’minlash bo’yicha barcha imkoniyatlarimizni ishga solgan holda manzilli ishni tashkil etamiz.

Tahlillarga e’tibor beradigan bo’lsak yil boshida tumanda eksportyor korxonalar soni 18 tani tashkil etgan bo’lsa bugungi kunda ularning soni
26 tani tashkil etmoqda. Yil boshidan 8 ta korxonalar eksport faoliyatiga jalb etilgan.

2018 yilda tumanda mahsulotlar eksporti faqat Xitoy davlatiga amalga oshirilgan bo’lsa hozirgi kunda eksport geografiyasi bir nechta davlatlarga oshgan.

Xususan, Iroq, Afg’oniston, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Gollandiya, Birlashgan arab amirliklari, Turkmaniston kabi davlatlardir.

O’tgan yillar davomida faqatgina mayiz mahsuloti eksportga yuborilgan bo’lsa bugungi kunda 17 turdan ortiq mahsulotlar chet el davlatlariga eksportga yuborilishi yo’lga qo’yilgan.

  Yangidan tashkil etilgan eksportyor korxonalar tomonidan bugungi kunga qadar 2 mln 618 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sanoat mahsulotlari eksport bo’yicha ham dastlabki natijalarga erishdik xususan, “Umid” korxonasi tomonidan Rossiya federasiyasining “VEKTOR” korxonasi bilan marmar bloklarini eksportga yo’naltirish bo’yicha 200 ming dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportga yo’naltirish bo’yicha shartnoma imzolagan bo’lib hozirda 43 ming dollar miqdoridagi mahsulotlarni eksport yuborildi.

Yana bir “Zarband II” korxonasi tomonidan Rossiya federasiyasida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi “Bananin Roman Nikolayevich” bilan 100 ming dollar miqdoridagi marmar toshlarini eksportga yuborish bo’yicha imzolangan shartnomasiga asosan 13 ming dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportga yuborildi.

“GRANITE STONE TECHNOLOGY” MCHJ korxonasi tumanda garanit toshlarini qazib olish va qayta ishlash faoliyati bilan shug’ullanadi. Mazkur korxona xam eksport faoliyatiga jalb etilib, 2022 yil 10 oktyabr sanasida Rossiya davlatining “STOKO” korxonasi bilan 47,2 ming AQSH dollari miqdoridagi granit toshlarini yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzolagan.

Xususan korxona tomonidan bugungi kunga qadar  40 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksportga yuborildi.

Shuningdek, eksportyor korxonalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni eksport faoliyatida zarur bo’lgan aylanma mablag’lar bilan ta’minlash maqsadida imtiyozli kredit mablag’ini olishida amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.

Jumladan:

Eksportyor  “Qo’rg’on jilvasi” fermer xo’jaligiga 17 ming dollari miqdorida aylanma mablag’ni to’ldirish maqsadida imtiyozli kredit mablag’i olib berilishi bilan bir qatorda mahsulotlarni eksport qilish jarayonida zarur bo’lgan xalqaro toifadagi ISO4500:2018, ISO9001:2015, ISO2200 sertifikati “OQTEPA GAZA” fermer xo’jaligiga ham xalqaro toifadagi GLOBAL GAP  sertifikati 2022 yil 27 oktyabr sanasida olib berildi.

Hozirda yana 3 ta eksportyor korxonalarimizga Yevropa mamlakatlariga mahsulotlar eksportini amalga oshirish huquqini beruvchi xalqaro GLOBAL GAP, ISO4500:2018, ISO9001:2015, ISO2200 sertifikatini olish bo’yicha Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yil yakuniga qadar quyidagi eksportyor korxonalar tomonidan
mahsulotlarni eksporga yuboriladi.

Xususan;

1. “BOG’IL ZAXRO” fermer xo’jaligining Iroq davlatiga 50 ming dollari miqdoridagi quritilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari;

         2. “XIDIR” fermer xo’jaligi tomonidan Turkiya davlatiga 200 ming dollari miqdoridagi mayiz mahsulotlari;

3. “ALL ORGANIK” korxonasining Turkiya davlatiga 50 ming dollari miqdoridagi quritilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari;

4. “JALOL JAMSHID QURILISH” korxonasining Xitoy davlatiga
100 ming dollari miqdoridagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari;

         5. “ECO EXPORT GROUP INVEST” MCHJ Turkiya davlatiga
50 ming dollari miqdoridagi quritilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari;

6. “Deal End Akt Trading” korxonasining Xitoy davlatiga 15 ming dollari miqdoridagi mayiz hamda Tojikiston davlatiga 35 ming dollar miqdoridagi noxat mahsuloti  eksportga chiqariladi.

7. “BOG'I-ROXAT” fermer xo’jaligi tomonidan Turkiya davlatiga 65 ming dollari miqdoridagi mayiz mahsulotlari eksportga yuboriladi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM