Tadbirkorlik

Qo'shrabot tumanida 2023-yilda sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalarida amalga oshiriladigan yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish, aholini tadbirkorlik masalasida qiynayotgan muammoli masalalarni o'rganish bo'yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshligʼi Z.Jumanov Investitsiyalar, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i o'rinbosari E.Ximmatov hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi sho'basi mudiri F.Usmonovlar bilan birgalikda tumanning Boyto'p mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga tadbirkorlikni amalga oshirish uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumotlar berilib, yangi loyihalarning manzilli ro'yxati shakllantirildi. Mazkur yo'nalishdagi ishlar tumanimizning barcha mahallalarida davom ettiriladi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM