Янгиликлар

“FUQAROLAR TASHABBUSI” 2024-YIL 1-MAVSUM G‘OLIBLARI ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5072-son qarori hamda O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-

Qo‘shrabot tumanining Shavona mahallasi obod maskanga aylanadi.

Joriy yilning 5-aprel kuni viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov tuman hokimi D.Shakarboyev hamrohligida tumanda “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyili asosida Shavona mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Qo‘shrabot tumanida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, tuman hokimi D.Shakarboyev hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan an’anaviy DXX kubogi turniri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi va o‘yinni boshlab berishdi.

Viloyat sektor rahbarlari Qo‘shrabot tumanida bo‘ldi.

Avval xabar berganimizdek, viloyat prokurori M.Eshnazarov tomonidan tumanning olis hududlarida ta'lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida 45 va 51-umumiy oʻrta ta'lim maktablariga qo‘shimcha zamonaviy yangi bino barpo etish ishlariga start berilgan edi.

Viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, tuman hokimi D.Shakarboyev va tuman prokurori Dj.Mirsafayevlar hamrohligida 45 va 51-umumiy oʻrta ta'lim maktablarida boʻlib yangi qurilayotgan maktab binosi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM