O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kompaniyasi bugundan boshlandi
Wed, 10/05/2023 - 18:06O‘zbekistonda 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kompaniyasi bugun, 10-maydan boshlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.
Saylov okruglarini tuzish 15-maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25-maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuziladi.
Siyosiy partiyalar o‘z vakolatli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun saylov kompaniyasi e’lon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.