Янгиликлар

Qo‘shrabot tuman mahalliy byudjeti 2023-yil 6 oylik G‘azna ijrosi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlariga xarajatlarni moliyalashtirish har oyning 1-4 sanalarda  va avans to‘lovlari 15-18 sanalarida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar tumandagi barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish xaqi to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib, tijorat banklari orqali to‘lanib kelinmoqda

 Oqsoqollar kengashdi

Tumanimizdagi “Mustaqillik bazmgohi”da mehnat faxriylarining maslahat yig‘ini o‘tkazildi. Bir piyola choy ustida o‘tgan tadbirda hudud oqsoqollari, kayvoni otaxon-u onaxonlar ishtirok etishdi. 

Yurtimizda ro‘y berayotgan ulkan islohotlar samarasi xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 
Davra samimiy suhbat, fikr almashish ruhida davom etdi. Madaniyat bo‘limi xonandalarining diltortar taronalari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. 

Yuqori Jo‘sh mahalla fuqarolar yig‘inida ham ichki yo‘llar asfaltlanmoqda

Qo‘shrabot tumanida qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, ayni vaqtda tumanimizning Yuqori Jo‘sh mahallasidagi mavjud 0,4 km ichki yo‘llarga ham asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Hudud aholisi yo‘llari ravon bo‘layotganligidan behad mamnun.

Olis qishloqlarimiz ham obod bo‘layotgani xalqimizning ertangi kunga ishonchini oshirmoqda.

Tumanimiz mahallalaridagi ichki tuproq ko'chalarni shag'allashtirish ishlari davom etmoqda

Aholiga qulay shart-sharoit yaratish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ayni kunlarda tumanimizning "Ozod" MFY Qoratosh qishlog'i hududida ham ichki tuproq yo'llari tekislanib, qum-shag'al to'kish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

Hozirgi vaqtda "Ozod" MFY Namuna guzarida ishlar jadal olib borilmoqda.

Ushbu mahallada jami 10 km ichki tuproq yo'llarni shag'allashtirish rejalashtirilgan bo'lib ayni vaqtda 6 km yo'lga qum-shag'al to'kish ishlari olib borildi.
Bu kabi ishlar ko'lami keng.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM