Янгиликлар

Navbatdagi sayyor qabul "Zarmitan" MFY aholisi uchun o'tkazildi

Joriy yilning 21-iyun kuni tuman hokimi, 1-sektor rahbari D.Shakarboyev hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Zarmitan" MFY hududida joylashgan 34-maktabda navbatdagi sayyor qabul o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

Qabul davomida asosan elektr energiya, moddiy yordam olish, ichki ko'chalarni asfaltlashtirish, ichimlik suvi, gaz balloni olishda amaliy yordam, ishga joylashish va shu kabi 16 nafar fuqarodan 19 ta murojaatlar kelib tushdi. 

Hududda ko'p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida

Qo‘shrabot tumanida 50 ta ko‘p kvartirali uy-joylar mavjud bo‘lib, NKMKga qarashli 21 ta uy 320 ta xonadonli ko‘p kvartirali turar joy binolariga “Zarmitan maydoni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi” xizmat ko‘rsatadi. BSKga qarashli 22 ta uy 272 ta xonadonga xizmat ko‘rsatadi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM