Янгиликлар
Xalq deputalari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Abdurauf Ismoilov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi
Thu, 04/05/2023 - 17:45Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida
"Chimmos" MFY xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi
Thu, 04/05/2023 - 17:26Jamiyatimizda ehtiyojmand ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlar faollari ish tajribasini oshirish mavzusida hududlarda o‘tkazilayotgan seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu hisoblanadi.
Chimmos mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sohiba Maxmudova qatnashgan seminarda xotin-qizlar faollarini qiynab kelayotgan muammo va takliflar tahlil qilindi.
Zarmitan MFY aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi
Thu, 04/05/2023 - 17:19Joriy yilning 4-may kuni "Zarmitan" MFY hududida joylashgan 34-maktab binosida bo'lib o'tgan sayyor qabul davomida 21 nafar fuqarodan 24 ta murojaat xususan, ichimlik suvi, elektr energiya, kredit olish, ishga joylashish, tibbiyot, moddiy yordam va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.
Fuqarolarning bildirilgan murojaat va takliflari tinglanib, ijrosi bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi hamda mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Navbatdagi ommaviy sayyor qabul 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida o'tkazildi
Mon, 01/05/2023 - 18:39Inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.