Янгиликлар

Quvkalla mahallasida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi

Joriy yilning 22-fevral kuni Quvkalla mahallasi hududida joylashgan 70-maktab binosi oldida o'tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ishga joylashish, ichimlik suvi, yo'l, ko'prik, uy-joy olish va shu kabi 29 nafar fuqarodan 32 ta murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat shu yerning o'zida tegishli soha mutaxassislari hamda murojaatchi tomonlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

Ro'yxatga olingan murojaatlar ijro holati yuzasidan tuman hokimiga axborot kiritilishi belgilandi.

Sayyor qabul

Joriy yilning 20-fevral kuni tuman xalq qabulxonasi binosida Qo‘shrabot tumani hokimi D.Shakarboyevning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida asosan ishga joylashish, moddiy va tibbiy yordam olish, elektr energiyasini yaxshilash, ichki yo‘lni ta'mirlash, hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish, ichimlik suv, gaz ballon olish, subsidiyaga uy-joy olish va shu kabi masalalar bo‘yicha 40 nafar fuqarodan 50 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ҳисобот топширувчи кичик корхона ва микрофирмалар диққатига!

✅ Кичик корхона ва микрофирмалар томонидан тақдим этиладиган 2022 йил якунлари бўйича “1- kb” йиллик статистика ҳисоботини топширувчи кичик тадбиркорлик субъектлари  (хорижий капитал иштирокидаги корхоналар)га ҳисобот топширишда услубий ёрдам бериш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги томонидан оn-line мулоқотлар ташкил этилмоқда.

✅ Ушбу оn-line мулоқотларда “1- kb” шакли ҳисоботининг ҳар бир бўлими ва ундаги кўрсаткичлар бўйича саволларингизга атрофлича жавоб берилади.

Navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi

Bugun Yuqori Saroy mahallasi fuqarolari uchun ushbu hududda joylashgan 15-maktab binosida Qo‘shrabot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli  bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan yoshlar, xotin-qizlar, tadbirkorlar va mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.    

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM