Янгиликлар

Sessiya

Joriy yilning 30-dekabr kuni Xalq deputatlari Qo'shrabot tuman kengashining navbatdan tashqari ellik oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Hududlarda xotin-qizlar muammosi o'rganilmoqda

Avval xabar berganimizdek “Insonga e’tibor” tamoyili asosida bugun, 1-sektor rahbari, tuman hokimi D.Shakarboyev Shavona va Qiyqim mahallasida bo‘lib, aholi vakillari, xotin-qizlar bilan muloqot o‘tkazib, kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan tabrikladi. 

Yurtdoshlarimizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

Hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

 “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarga ularning orzu-istaklari o'rganilib, bugun, ushbu nizom asosida tuman hokimligi binosi oldida istak va xoxishlari bo'yicha sovg'alar taqdim etildi.   

"TEMIR DAFTARI"GA KIRITILGAN OILALARGA QUYOSH PANELLARI TARQATILDI

"TEMIR DAFTARI"GA KIRITILGAN OILALARGA QUYOSH PANELLARI TARQATILDI

Yurtboshimiz rahbarligida shu yilning 10 iyun kunida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yil yakuniga qadar ijtimoiy daftarlarga kiritilgan oilalarni quyosh suv isitish qurilmasi yoki quyosh panellari bilan beg‘araz taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Ayni kunlarda tuman hokimi boshchiligida quyosh panellari “Temir daftar”ga kiritilgan 20 ta oilaga berildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM