Янгиликлар

Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 16,7 %ni tashkil etdi. 

Ma’lumot uchun: 2021- yilda 16,5 %ni, 2020- yilda 18,5 %ni tashkil etgan.

TUMANGA TOʼGʼRIDAN-TOʼGʼRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʼljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʼgʼrisida”gi PQ-72 sonli qaroriga kura 2022 yilda tumandan yangi ish oʼrinlari 35 ta boʼlgan 2 ta loyiha tasdiqlangan. 

Mazkur loyihalar boʼyicha yil yakuniga qadar 2,7 mln АQSh dollari miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar oʼzlashtirilishi belgilangan.

Navbatdagi maktablarning issiqlik tizimi o'rganildi

Navbatdagi maktablarning issiqlik tizimi o'rganildi

Joriy yilning 14-dekabr kuni tuman hokimi D.Shakarboyev 1-sektor Zarmitan hududidagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, issiqlik tizimining qay darajada ishlashi, sinf xonalarning issiqlik holatini ko'zdan kechirdi. 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ma'sullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Bu borada o'rganishlar davom etmoqda...

Sayyor qabul

Joriy yilning 14-dekabr kuni Qo'shrabot tumani Zarmitan MFYda joylashgan  34-maktab binosida tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Zarmitan mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida asosan ishga joylashish, yo'llarni ta'mirlash, tibbiyot, gaz va boshqa masalalar yuzasidan 26 ta fuqarodan 31 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar to'liq nazoratga olinib, ijro uchun tegishli mas'ullarga biriktirildi.

1-o'rinni egallagan sportchilar taqdirlandi...

Qo‘shrabot tuman hokimligi katta majlislar zalida "Besh tashabbus olimpiadasi"  ikkinchi mavsum sportning Voleybol turi boʻyicha Respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallagan sportchilarni hamda oʻquvchi qizlar o‘rtasida informatika fanidan “Viloyat hokimi mukofoti uchun” fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM