Suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha PRESS-TUR bo‘lib o‘tdi
Mon, 26/02/2024 - 18:51Aytish mumkinki, bir paytlar faqat keng yaylov sifatida foydalanilgan yoki umuman foydalanilmagan Qo‘shrabot yerlari yaqin yillarda chamandek yashnab turadigan ekin maydonlariga, bog‘larga aylanib bormoqda. Suv taqchilligi tobora ortib borayotgan hozirgi davrda, qishloq xo‘jaligi sohasida suv tejaydigan texnologiyalarini joriy qilishni yana-da kuchaytirish kun tartibidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.