Qo‘shrabot elektr ta'minoti korxonasiga yangi rahbar va rahbar o‘rinbosari tayinlandi.
Wed, 07/02/2024 - 12:18Ikramov Sherali Norbek o‘g‘li - Qo‘shrabot elektr ta'minoti rahbari lavozimiga tayinlandi.
Sh.Ikramov 1992-yilda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, Samarqand Qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
Sh.Ikramov tayinlovga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialida turli mas'ul lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan.
Sarimsaqov Sunnatilla To‘xtamishovich - Qo‘shrabot elektr ta'minoti rahbari o‘rinbosari - energiya sotish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.