Янгиликлар

#Sayyor_qabul

Joriy yilning 12-oktabr kuni Qo'shrabot tumani Qo'rg'on mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan  12-maktab binosi sport zalida tuman hokimi D.Shakarboyev hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Qo'rg'on va Xonnazar" mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida 13 ta fuqarolar tomonidan 19 ta murojaatlar ro‘yxatga olinib, ijrosini ijobiy hal qilish choralari bo'yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va ko'rsatmalar berildi.

Ota-onalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 11-oktabr kuni Qoʻshrabot tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-umumtaʼlim maktabida direktor I.Abdurazzoqov va yuqori sinf oʻquvchilarining ota-onalari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning dars mashgʻulotlariga muntazam ishtirok etishini taʼminlash, maktabda qoʻshimcha dars va toʻgaraklar faoliyati hamda boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM