Янгиликлар

Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Tuman hokimining birinchi o'rinbosari Ibodulla Sayfiddinov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Mavzu: Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

 

Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Qo‘shrabot tumani Shavona mahallasida yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr - Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari, Oqtepa hududidagi mahalla faollari ishtirok etishdi. Adliya bo‘limi xodimlari Konstitsiyaning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritib moddalarga sharhlar berib o‘tdi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jonbuloq mahallasi ichki yo‘llari ham asfaltlashtiriladi

Qo‘shrabot tumanida mahallalar  va qishloqlarda infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, ayni kunlarda tumanimizning "Jonbuloq" MFYda 1,2 km ichki yo‘llariga ham asfalt qoplamasi yotqizish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qishloqlarimiz obod bo‘layotgani xalqimizning ertangi kunga ishonchini yanada oshirmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM