Янгиликлар

Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Bugun, 30-oktabr kuni 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Baxodir Yusupov, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida xususan, tibbiy va moddiy yordam olishda amaliy yordam, ishga joylashish, kredit olish, nafaqa puli olish, aliment pulini undirish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Ayni vaqtda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari ham ushbu loyihaga o‘z xissalarini qo‘shish maqsadida turli xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini olib borishmoqda.

Aziz tumandoshlar, Sizlarni ham "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etib, yurtimizni yashillikka burkashda befarq bo‘lmagan holda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlab qolamiz.

"Zulfiya nomidagi davlat mukofoti" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar davlat mukofotining adabiyot, san’at, madaniyat, sport, ta’lim, fan va jamoatchilik yo‘nalishi kabi 7 ta yo‘nalishda o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

Komissiya a’zolari yo‘nalishlar kesimida har bir nomzodning erishgan yutuqlari va ijodiy ishlarini o‘rganib chiqib, ular bilan suhbat o‘tkazishdi.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM