Янгиликлар

Xitoylik investorlar bilan Qo'shrabotlik tadbirkorlar o'rtasida memorandum imzolandi

Xitoylik investorlar bilan "Qo'shrabot TZB" MCHJ bilan qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, ekspertga yo'naltirish maqsadida 3 mln dollarlik, "Shoxsanam tekstil" MCHJ bilan tikuvchilik yo'nalishida faoliyatini kengaytirish maqsadida 2 mln dollarlik, Oqtepagaza fermer xo‘jaligi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari va quruq mevalarni qadoqlash orqali xorijga eksport qilish uchun 5 mln dollarlik, "AGROFISHSNAB MEVA-SABZAVOT KLASTER" MCHJ bilan 1 mln dollarlik, Qo'rg'on jilvasi fermer xo'jaligi bilan 3 mln dollarlik jami 14 mln dollarlik memorandumlar imzolandi.

Viloyat prokurori o‘rinbosari Sirojiddin Fayziyev  hamda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev tomonidan tumanda sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 13-oktabr kuni Shavona mahallasida joylashgan Shavona madaniyat uyida o‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan tergovga qadar tekshirish hamda jinoyat ishi yuzasidan iltimosnomalar, aliment pullarini undirish, yoshlar daftariga kiritish va bandligini ta’minlash, kredit ajratish, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

Aholini uy-joy bilan ta'minlashda adolat ustivor mavzusida tuman hokimining birinchi o'rinbosari Ibodulla Sayfiddinov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori asosida  subsidiya olishga 18 yoshga to‘lgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM