Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Bugun, 4-dekabr kuni Xalq qabulxonasida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Baxodir Yusupov, tuman hokimining o'rinbosari Soxiba Maxmudova tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida xususan, fuqarolar tomonidan aliment pulini undirish, sog'ligini tiklash, gaz ballon olishda amaliy yordam, ichki yo‘llarni ta'mirlash, ishga joylashish, elektr- energiyasi bilan bo'liq muammolarni yechish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda ro'yxatga olinib, ijrosini ta'minlash borasida tegishli mas'ullarga biriktirildi.
Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Image_elon: