"8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan "Iqbol" nomli ko‘rik tanlov
Ayni damda 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirokida yaqinlashib kelayotgan "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan "Iqbol" nomli ko‘rik tanlov hamda bayram tadbiri ko‘tarinki va qiziqarli ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Bayram tadbirida tumandagi barcha faol xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillark ishtirok etishmoqda, "Iqbol" nomli ko‘rik tanlov davomida esa ishtirokchilar milliy urf-odatlar, she'rxonlik, raqs, sahna chiqishlari va boshqa shartlar bo‘yicha bellashmoqdalar. Bir-biridan qiziqarli sahna chiqishlari va ajoyib raqslar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashmoqda.