insurez
24-05-2025 12:10

Bitiruvchilar 2025


Bitiruvchilar 2025

Joriy yilda tumanimizdagi umumta’lim maktablarini 1476 nafar 11-sinf o‘quvchilari bitirmoqda. Ulardan 26 nafari (1,5 %) maktabni yuqori baholar bilan tamomlab, oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan (jumladan, 19 ta oltin va 6 ta kumush medal).

Shuningdek, 9-sinfni tamomlayotgan 2336 nafar o‘quvchidan 66 nafari (3,0 %) a’lo baholar asosida shahodatnoma olishi ko‘zda tutilgan.

11-sinf bitiruvchilaridan 105 nafari ingliz tili, matematika, fizika, biologiya, geografiya, kimyo, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan Milliy va Xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lib, oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.

Alohida faxr bilan ta’kidlash joizki, 57-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shonazarova Jasmina Dilshodjon qizi AQSHning nufuzli “Michigan State University” oliy o‘quv yurti tomonidan 15 ming AQSH dollar miqdoridagi grant asosida talabalikka tavsiya etildi.

Teglar
- -