insurez
27-02-2025 16:00

FAZILATLI OYNI RISOLADAGIDEK O‘TKAZAYLIK!


FAZILATLI OYNI RISOLADAGIDEK O‘TKAZAYLIK!

Ertaga, 1-mart kuni Qo'shrabot tumanidagi Ramazon hayiti namozlari ado etiladigan barcha masjidlar va ularga tutash hududlarda jamoat tatibini saqlashga mas'ul xodimlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda jamoat tartibi saqlanadi.

Xalqimiz uchun azaldan mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan muborak oyni munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tumandagi barcha masʼullardan iborat saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Unda, tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va sektor rahbarlari tomonidan masjidlardagi o‘t o‘chirish jihozlari, evakuatsiya rejasi, namozxonlar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, ularning xavfsizligini taʼminlash, namoz o‘qish joylarining tozaligi, jihozlanishi, sanitariya talablariga mosligi kabi bir qator masalalar borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Bu bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, aniq vazifalar belgilandi.

Teglar
- -