insurez
26-02-2025 15:00

Hududlarda obod qishloq va obod mahalla dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar haqida


Hududlarda obod qishloq va obod mahalla dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar haqida

2024-yil Qo‘shrabot tumani 1-sektor hududiga qarashli   “Shovana”  mahallasida  “Obod  xonadon”,  “Obod  ko‘cha”  va  “Obod  mahalla”mezonlarini  joriy  etish  bo‘yicha  keng  ko‘lamli  amaliy  ishlar  olib  borilib mahalla tubdan yangi qiyofa kasb etdi. Joriy yilda tuman “Obod  ko‘cha”  va  “Obod  mahalla”  dasturiga tushmagan bo‘lsa-da tumandagi mahallar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tumanda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan: 

Qo‘shrabot tumani tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha jami 45 ta mahallalar yig‘inlari ichki xo‘jalik yo‘llarida 185 km ichki yo‘llar shag‘allashtirish rejalashtirilgan bo‘lib joriy yilining 2 oy mobaynida 45 km ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi to‘kilib ta’mirlandi. Shuningdek “Ochiq budjet” axborot portalida jamoatchilik fikri orqali tumanimizda jami 4 ta mahallalar yig‘inlari ichki yo‘llarida 8,9 km ichki yo‘llar asfalt qilish rejalashtirilgan bo‘lib hozirgi kunda mazkur mahallarda asfalt qilish uchun asos qismi tayyorlanib asfalt qilishga tayyorlab qo‘yilgan.

Bugungi kunda, tuman Toza hudud DUK tomonidan tumandagi 21 ta mahallalarga 10 ta texnika jalb qilinib, 70 tonna chiqindi olib chiqib obodonlashtirildi.

Bu kabi ishlar tumanimizning boshqa hududlarida ham olib borilmoqda. Jumladan, Investitsiya dasturi asosida Ozod mahallasida yangi 264-o‘rinli maktab va sport zal binosi, 26-umumta’lim maktabga 330 o‘rinli, 34-umumta’lim maktabga  300 o‘rinli, 73-umumta’lim maktabga 120 o‘rinli, 48-umumta’lim maktabga 240 o‘rinli va 43-umumta’lim maktabga 120 o‘rinli qo‘shimcha binolar qurilish ishlari olib borilmoqda, bundan tashqari O‘rtasoy mahallasi hududidan yangi 90 o‘rinli bolalar bog‘chasi hamda yakunlanish arfasida.

Albatta, bu kabi qurilish va obodonchilik ishlari tumanimizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda.

Teglar
- -