insurez
14-04-2025 12:10

Jo'sh ota mahallasida hashar yo'li bilan qurilgan ko'prik foydalanishga topshirildi.


Jo'sh ota mahallasida hashar yo'li bilan qurilgan ko'prik foydalanishga topshirildi.

Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish hamda turmush tarzini yaxshilash borasidagi ishlar joylarda izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Jo'sh ota mahallasi aholisi uchun tuman prokurori Dj.Mirsafayev tashabbusi bilan homiylar ko'magida hashar yo'li bilan avtomobillar uchun uzunligi 6 metr, eni 4 metr qilib barpo etilgan ko'prik qurilib foydalanishga topshirildi.

Yangidan barpo etilgan ko‘prikning ochilish marosimiga bag'ishlangan tadbirda tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman prokurori Dj.Mirsafayev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, minglab aholining uzog‘ini yaqin qilayotgan ushbu ko‘prik bilan mahalla aholisini tabrikladi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari tumanimizning boshqa hududlarida ham izchil davom ettirilmoqda.

Teglar
- -