Mahallalarning “o'sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida.
Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Qaxramon Xoliqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi.
Mavzu: Mahallalarning “o'sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida.
Qo‘shrabot tumanida 2025-yilda hududlar iqtisodiy o‘sishiga turtki beruvchi 5 ta drayver loyihalar shakllantirildi.
Ushbu loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan 14702,0 mln.so‘m rejalashitrilgan.
Loyihalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun birinchi bosqichda 3 ta loyiha tanlab olindi.
1. Aholiga ijaraga berilgan 97,3 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlash maqsadida 11 ta tiq quduqlar qazish, xar bir tik qudug‘ini oldiga 20 kVtli quyosh panellari o‘rnatish hisobiga daromadli ekinlar ekishni tashkil etish.
2. Shovona maxallasida 4R-55 avtomabil yo‘lining 15-16 qismida 0,15 ga yer maydonida 15 ta lotni auksionga chiqarish, Xonnazar maxallasida 4R-55 avtomabil yo‘lining 20-21 qismida 0,10 ga yer maydonida 10 ta lotni auksionga chiqarish, Chimmos maxallasida 4R-55 avtomabil yo‘lining 65-66 qismida 0,10 ga yer maydonida 5 ta lotni auksionga chiqarish, Yengil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish loyixalarini ishga tushirish:
Shovona maxallasida 0,2 km. elektr tarmog‘i qurish (22,0 mln.so‘m); - 1 ta (TP 250 kVt. lik) transformator o‘rnatish (40,0 mln. so‘m); - 0,2 km. yo‘lakga asfalt qoplamasi qurish (140,0 mln. so‘m). 0,5 km Ichimlik suv tarmog‘i tortish (15,0 mln. so‘m).
Xonnazar maxallasida 0,2 km. elektr tarmog‘i qurish (22,0 mln.so‘m); - 1 ta (TP 250 kVt. lik) transformator o‘rnatish (40,0 mln. so‘m); - 0,4 km. piyoda va velo yo‘laklar qurish (128,0 mln. so‘m) 0,5 km ichimlik suv tarmog‘i tortish (15,0 mln. so‘m).
Chimmos maxallasida 0,2 km. elektr tarmog‘i qurish (22,0 mln.so‘m); - 1 ta (TP 250 kVt. lik) transformator o‘rnatish (40,0 mln. so‘m); - 0,4 km. piyoda va velo yo‘laklar qurish (128,0 mln. so‘m) 0,5 km Ichimlik suv tarmog‘i tortish (15,0 mln. so‘m).
3. Tumanida eko turizm sohasini rivojlantirish.
Bunda: “Pangat” mahallasini 3,0 km yo‘lini asfalt qoplamasi yotqizish (1950,0 mln.so‘m), 1 dona uyali aloqa antenasi o‘rnatish (850,0 mln.so‘m)
Qo‘shrabot tumanida 2025-yilda hududlar iqtisodiy o‘sishiga turtki beruvchi 5 ta drayver loyihalar shakllantirildi.
Ushbu loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan 14702,0 mln.so‘m rejalashitrilgan.
Loyihalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun birinchi bosqichda 3 ta loyiha tanlab olindi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan 8 370 mln.so‘m ajratildi.
- obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga 220,0 mln.so‘m,
- elektr tarmoqlari tortish uchun 2470,0 mln.so‘m,
- sug‘orish suvi bilan ta’minlash uchun 2500,0 mln.so‘m,
- ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 580,0 mln.so‘m,
- yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun 2600,0 mln.so‘m mablag‘ talab etilmoqda, loyihalarning manzilli ro‘yxati ilova qilinadi.