Maqsad, daraxtlarni suvsizlikdan asrash
Maqsad, daraxtlarni suvsizlikdan asrash
Qo‘shrabot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ichki va tashqi yo‘l bo‘ylarida yashil belbog‘ shaklida ekilgan manzarali daraxtlarni rivojlanishi va suvsizlikdan qurib qolishini oldini olish maqsadida, agrotexnik tadbirlari olib borilib, sug‘orish tizimlari tashkil etilmoqda.
Bu borada, bugunga qadar suvga ehtiyoji yuqori bo‘lgan hududlardagi 15 ming tupdan ortiq daraxt va butalarni sug‘orish, parvarish qilish ishlari doimiy amalga oshirib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, Qo‘shrabot-Nurota avtomobil yo‘lining Do‘stlik mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida yashil belbog‘ shaklida ekilgan manzarali daraxtlarni yozning jazirama issiq kunlaridan asrash maqsadida, 2000 metrli tomchilatib sug‘orish tizimi tashkil etildi.