Men xonadonimga quyosh panel o‘rnatmoqchi edim agar o‘rnatsam menga qanday imtiyozlar davlat tomonidan beriladi.
Savol: Men xonadonimga quyosh panel o‘rnatmoqchi edim agar o‘rnatsam menga qanday imtiyozlar davlat tomonidan beriladi.
Javob beradi: Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Alibek Usarov.
O‘zbekiston 2025-yilda energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini 20 foizga yetkazish kabi ulkan maqsadni belgilagan bo‘lib, barqaror rivojlanishga sodiqligini aniq namoyon qilmoqda. Ushbu milliy tashabbus doirasida quyosh energetikasi infratuzilmasi kengaytirilmoqda, turli davlat dasturlari doirasida 74 172 dona yangi quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Imtiyoz va rag‘batlarning ushbu tizimi quyosh energetikasiga sarmoya kiritishni nafaqat jismoniy shaxslar, balki korxonalar uchun ham ayniqsa foydali qiladi. Quyosh energiyasi bo‘yicha investitsiyalardan maksimal daromad olish va uzoq muddatli samaradorlikka erishish uchun mavjud imkoniyatlar va davlat tomonidan taqdim etilayotgan mexanizmlarni chuqur tushunish muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimizning tegishli qarorlariga asosan fuqarolar ushbu qurilmalarni to‘liq xarid qilganlarida quyosh panellari xarajatlarinnig BHMning 20 barobarigacha (6,8 mln so‘m) Energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya ajratiladi
Quyosh panellarni o‘rnatgach Quyoshli xonadan dasturi asosida xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini elektr ta’minoti korxonasiga sotib Soliq.uz ilovasi orqali daromad olishingiz mumkin. Bu tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va buning uchun hech qanday soliq to‘lamaydi.
➖Elektr ta’minoti korxonasi xonadon egasidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirgan elektr energiyasining har bir kVt⋅soatini 1000 so‘mdan sotib oladi.
➖ Quyosh panellari o‘rnatgan (o‘rnatilgan yer maydoni uchun) jismoniy va yuridik shaxslar 3-yil davomida yer va mulk solig‘idan ozod bo‘ladilar. Shuningdek, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega akkumulyatorlar bilan o‘rnatilgan bo‘lsa — 10-yil davomida er va mulk solig‘idan ozod etiladi;
Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Alibek Usarov




