Qo‘shrabot tuman bo‘yicha “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayonlarida 2024-yil 1 va 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Musirmonov Xurshid Iliyozovichning 2025-yil 1-chorak holatiga hisoboti
Qo‘shrabot tuman bo‘yicha “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayonlarida 2024-yil 1 va 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Musirmonov Xurshid Iliyozovichning 2025-yil 1-chorak holatiga
HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5072-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-son qaroriga asosan tumanimizda “Fuqarolar tashabbusi” 2024-yil 1-mavsum uchun jami 15 181,5 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, saralash bosqichidan o‘tgan 94 ta taklif loyiha jami umumiy qiymati 14 879,0 mln so‘m bo‘lgan 11 ta loyihalardan 8 tasi bo‘yicha ishlar 2024-yilda yakunlangan va 2 tasi 2025-yil 1-choragida yakunlandi, hozirgi kunda 1-loyiha bo‘yicha ishlar yakunlangan.
Bular quyidagilar;
1. Sorigul MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun sport o‘yingohlari bo‘lmaganligi sababli sport zal qurilish-loyihasi. Hozirda ishlar yakunlangan.
2. Chimmos MFYdagi taklif qiymadi 1 306,0 mln.so‘m bo‘lgan Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shrabot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabiga 25 ta sinf xonaga Interaktiv doska, o‘quvchi va rahbariyat xodimlari uchun 52 dona kompyuter, maktabda foydalanish uchun 20 dona rangli va oq qora printerlar xarid qilish-loyihasi. Hozida loyiha bo‘yicha xarid qilish bilan bog‘liq ishlar yakunlangan.
3. Qo‘shtamg‘ali MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan Qo‘shrabot tuman 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga sport zal qurish-loyihasi loyihasi bo‘yicha hozirda yakuniy dalolatnoma rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
2024-yil 2-mavsum “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari jami 10 635,0 mln.so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 7 ta MFY dan umumiy qiymati 10 060,0 mln.so‘m bo‘lgan 8 ta loyiha ovoz yig‘ish yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan loyihalar 2024-yil 2-mavsum uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida “Open budjet” axborot portal tomonidan avtomatik tarzda g‘olib deb topildi.
2024-yil 2-mavsum “Fuqarolar tashabbusi” jarayonlari uchun jami 10 060,0 mln.so‘m ajratilib buyurtmachi tashkilotlarga o‘tkazib berilgan. Hozirgi kunda ushbu loyihalardan 1 ta loyiha bo‘yicha ishlar yakunlangan va 7 ta loyiha bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
1. Toz MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan MFY qishloqlarini elektr energiya ta’minotini yaxshilash uchun 3 dona transformator beton stolbalar va yopiq kabel tortish zarur- loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlangan.
2. Qo‘shtamg‘ali MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan Qo‘shtamg‘ali qishlog‘i qabristoniga olib boruvchi yo‘lni hamda ichki yo‘llarni asfalt qilish-loyihasi bo‘yicha qurilish ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
3. Sorigul MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan Toz-2 qishlog‘i 2500 metr uzunlikdagi ichki ko‘chalariga asfalt qoplamasini yotqizish loyihasi bo‘yicha qurilish ta’mirlash ishlari ishlari davom etmoqda.
4. Shovona MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan Shamolli qishlog‘idagi qabristonga olib boruvchi yo‘llarga 3.5 metr enlikda asfalt qoplamasi yotqizish - loyihasi bo‘yicha qurilish ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
5. Pichot MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan Pichot mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish to‘g‘risida- loyihasi bo‘yicha qurilish ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
6. Qo‘rolos MFY taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan Qo‘rolos MFYda joylashgan Bo‘bak Ota qabristonini obodonlashtirish, kirish joyidan ayvon qurish va omborxonani yangilash, chegara devorlarini yangilash- loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda.
7. O‘rtasoy taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan 7-sonli maktabda o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini sport bilan shug‘ullanishi uchun mini futbol maydoncha qurish- loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlanish arafasida.
8. Sorigul MFYdagi taklif qiymadi 1 360,0 mln.so‘m bo‘lgan Sorigul MFY Bog‘ojot va Sorigul qishlog‘ida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bitta usti ochiq va bitta usti yopiq 22.5 m ga 45 m bo‘lgan sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasini qurish-loyihasi bo‘yicha loyiha qurilish ta’mirlash ishlari davom etmoqda.