Qo‘shrabot tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
Qo‘shrabot tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.04.2025-yildagi PQ-134-sonli “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shrabot tuman “Inson” ijtimoiy hozmatlar markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 134-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1801 ta Reyestrlarga kiritilgan oilalar va bunga qo‘shimcha 40% “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj bo‘lgan dastlab 851 ta ariza kiritildi.
Bu kiritilgan arizalarning 763 tasi skoringdan o‘tgan.
55 tasi soring jarayonida rad etilgan. Shundan 32 tasi ko‘chmas mulk,
26 ta 2 va undan ortiq transport vositalari bo‘lganligi uchun rad bo‘lgan.
29 ta oila o‘rganish davomida o‘ziga to‘q oila deb xisoblangani uchun o‘chirilgan. 56 ta ariza reyestrlarda bo‘lganligi uchun chiqarilgan.
Bugungi kunda jami 678 ta ariza qolgan. Bu unikal oilalarga nisbatan 37,6 % ni tashkil etmoqda.
Bunda:
boquvchisini yo‘qotgan oilalar 91 tani,
a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar 225 ta ,
nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar 124 ta,
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar 22 ta,
uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar 161 ta inobatga olinadi;
Boshqa extiyojmand oilalar esa 163 tani tashkil qiladi.
Elektr va tabiiy gazni bazaviy me’yordan ortiq iste’moli bo‘yicha joriy yilning iyun-avgust oylarida 839 ta oilaga 13 mln so‘m kompensatsiya pullari to‘langan.
▪️(Ma’lumot uchun: Elektr energiyasi uchun oyiga 150 kVt soatgacha;
▪️Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida oyiga 250 kub metrgacha, qolgan vaqtlarda 150 kub metrgacha – bazaviy me’yorda foydalangan qism uchun kompensatsiya oladi.
Qo‘shrabot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy to‘lovlar sho‘basi mudiri F.Usmonov




