Qo‘shrabot tumanida “Yo‘l xaritalari” ijrosi tanqidiy o‘rganildi
Qo‘shrabot tumanida “Yo‘l xaritalari” ijrosi tanqidiy o‘rganildi
Tuman prokurorining o‘rinbosari D.Uzakov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-sonli “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Xususan, tumandagi “Zarmitan” va “Bozorjoy” MFYlarida 2-chorak uchun ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari” ijrosi o‘rganildi. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining kunlik faoliyati, “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar, mahallalarda yoshlar, ayollar, ishsiz shaxslar, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” tizimi doirasida har bir vakilning mas’uliyatini oshirish, ularning vazifalarni bajarishdagi faoliyati yuzasidan mas’ullarga qat’iy ko‘rsatmalar berildi.