insurez
27-05-2025 17:30

Tumanimizning eng chekka hududi bo‘lgan “Chimmos” MFYda “IT-shaharcha” qurilib foydalanishga topshirildi.


Tumanimizning eng chekka hududi bo‘lgan “Chimmos” MFYda “IT-shaharcha” qurilib foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbarining “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “It-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2024-yil 15-maydagi PQ-178-son qaroriga asosan 2 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ evaziga tumanimizning eng chekka hududi bo‘lgan “Chimmos” MFYda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “IT-shaharcha” barpo etildi.

Bugun, “IT-shaharcha”ning ochilish marosimida Raqamli texnologiyalari vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori A.Eshonqulov, viloyat hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev, Raqamli texnologiyalari vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, tuman hokimi D.Shakarboyev, mahalla nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Teglar
- -