insurez
02-09-2025 09:30

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”


“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Mamlakatimiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, tuman MMTBga qarashli 82-umumta’lim maktabida ham bilimlar kuni ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirlarda tumanimiz hokimi Dilshod Shakarboyev o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, umumta’lim maktablarining 1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkalari, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -