Yo‘l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

      Qo‘shrabot tuman IIB YXXG tomonidan tuman hududidan o‘tuvchi va qishloq ichki yo‘llarida sordir bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining oldini olish yuzasidan tegishli tartibda targ‘ibot ishlari olib borilayotgan bo‘lishiga qaramasdan yo‘l transport xodisalari sodir bo‘lmoqda. Jumladan:

YTX BO‘YICHA

Qo‘shrabot tuman hududida 2023-yil 4 oyi davomida o‘tgan 2022-yilga nisbatan tahlil qilganimizda YTX 1 taga ko‘paygan, o‘lim 5 taga ko‘paygan, tan jaroxati 1 taga kamaygan.

Yo‘l transport vositalarini oldini olish maqsadida 2023-yil 15-fevraldan 15-martga qadar “Xarakat xavfsizligi oyligi”, tadbirini o‘tkazish bo‘yicha  yo‘llarga piyodalar o‘tish chiziqlarini chizish, ko‘rinish cheklangan joylarga yo‘l belgilari o‘rnatish, yoritish chiroqlari o‘rnatish,  4R-55 avtoyo‘liga svetofor qurilmasini o‘rnatish, 48, 78, 77-maktablar oldiga tugmachali svetofor qurilmasini o‘rnatish yuzasidan tuman hokimiga axborotnoma berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi 316-sonli qarori asosida “Xavfsiz va ravon yo‘l” hamda Vazirlikning 2018-yil 9-apreldagi 10-sonli “Yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash” qarori yuzasidan maktablarda yo‘l xarakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha sinfxonalar tashkil etildi.

2023-yil davomida avtoavariyalarning oldini olish maqsadida yo‘l ulov xodisalari ko‘plab sodir etilayotgan  tumandagi Zarkent, Yukorisaroy, Bulokboshi, Namuna, Qo‘rolos, Chimmos, Katta Oqmachit, Shavona, Navkat, Zarkent mahallalarida va Navoiy kon metallurgiya 10 a/baza, tuman hokimiyati, qo‘riqlash bo‘limi, 99850 harbiy qism va  tumandagi tashkilotlar, korxonalar rahbarlari hamkorligida hamda mahalla faollari ishtirokida suhbatlar o‘tkazildi.

TARGIBOT-TASHVIQOT ISHLARI BO‘YICHA

Targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha 10 ta maktablar, 19 ta mahallalarda va 5 ta tashkilot, korxona va MCHJlarda yig‘ilish o‘tkazildi.

MA’MURIY AMALIYOT ISHLARI BO‘YICHA

2023-yil davomida yo‘l xarakati qoidalari talabiga bo‘ysinmagan haydovchilarga nisbatan Qo‘shrabot tuman IIB YXXG xodimlari tomonidan bayonnomalar rasmiylashtirildi va jarima summalarini undirish  choralar kurildi hamda mast holda transport vositasini boshqargan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun Qo‘shrabot tuman ma’muriy sudiga yuborildi.

 MJtKni moddasi

 

Soni

125-m 1-k

Xavfsizlik kamari

7

125-m 3-k

Qayta jihoz

3

125-m 5-k

Yuk tashish

1

128-m

Odam tashish

2

128-m p4-2k

Svetofor

1

128-m p5-2-k

Qarama-qarshi

1

128-m p6-1-k

To‘xtash

1

129-m

Mansabdor shaxs

7

131-m

Mast boshqarish

23

135-m 1-2k

Xujjatsiz boshqarish

25

133-modda

YTX sodir qilgan

15

134-modda

 

5

147-i

Yo‘l inshootlariga zarar yetkazish

3

194-m

IIB xodimlariga buysinmaslik

2

 

                    J A M I

83

 

TEXNIKA NAZORATI BO‘YICHA

2023-yil davomida jimoniy shaxslarga tegishli jami 693 ta transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli 7-ta transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

YO‘L NAZORATI BO‘YICHA

Tuman hududidan o‘tuvchi jami avtomobil yo‘llar 267 km bo‘lib, shundan 4R-55-Mitan-Qo‘shrabot-Nurota yo‘li 66 km, 4R-43 Marjonbuloq-Zarmitan-Qo‘shrabot yo‘li 31 km va 4R-247 Oqtepa-Qo‘rli-Dexqonobod yo‘li 5 km davlat ahamiyatidagi yo‘llar jami 102 km.ni tashkil etadi. Qolgan 165 km.avtomobil yo‘llar mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir. Ushbu yo‘llarda 22 ta yetishmaydigan yo‘l belgilari o‘rnatildi, 34-dona eskirgan yo‘l belgilari almashtirildi va 30 dona yo‘l belgilari ta’mirlandi va yo‘llarning holatini yaxshilash va ularni saqlash, joriy ta’mirlash, yo‘l belgilari o‘rnatish yuzasidan TYFUKga 11 marta yozma ko‘rsatmalar berildi va 2 marotaba taqdimnoma kiritildi.

                      

                       

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2015-2024 © GOVERNMENT OF QUSHRABOT DISTRICT. Maked by: SAKTRM