Ma'lumot

Tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 11 oylik ijrosi va mahalliy byudjet daromadlarining qo’shimcha daromad zahiralarini aniqlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida

I. Mahalliy byudjet daromadlari bo’yicha.

Shuningdek, tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 11 oylik  daromadlari rejasi 69 mlrd. 137.4 mln.so’mga belgilangan bo’lib, joriy yil 16 noyabr kuni holatiga byudjet ijrosi davomida 71 mlrd. 854,6 mln.so’mga yoki 103,9 foizga bajarildi. Buning natijasida tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi 2 mlrd. 717,2 mln.so’mni tashkil etdi.

Tumanning hududiy salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo’shimcha manbaalarini shakllantirish, daromadlari bazasini mustahkamlash va kengaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarning pirovard natijasi daromad prognoz ko’rsatkichlarini oshig’i bilan bajarish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Biroq, tuman mahalliy byudjeti daromadlarining umumiy prognoz ko’rsatkichlari bajarilgan bo’lsada, ayrim soliq turlari bo’yicha, jumladan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq turi bo’yicha 2600.0 mln.so’m, jismoniy shaxslarning yer solig’i buyicha 4100.0 mln. so’m jami 6700.0 mln. so’m soliq tushumlari undirilmasdan qolmoqda.

II. Mahalliy byudjetlar xarajatlari bo’yicha.

 Tuman mahalliy byudjetining joriy yil 11 oylik byudjet ijrosi davomida aniqlangan reja 177 mlrd. 803,4 mln.so’mni tashkil etib, 16 noyabr kuni xolatiga kassa xarajatlari 173 mlrd. 287,1 mln.so’mga yoki 97.5 foizga ijro etildi.

Tuman mahalliy byudjetining 11 oylik xarajatlar tarkibining 72 foizi yoki 124 mlrd. 836,6 mln. so’mi ijtimoiy soha va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Byudjet xarajatlarini tarmoqlar bo’yicha ko’rib chiqilganda asosan ta’lim tizimi muassasalarining xarajatlari 30 mlrd 840,7 mln. so’mni (17,9 foiz), sog’liqni saqlash sohasi xarajatlari

49 mlrd 768,1 mln. so’mni (28.7 foiz) va ijtimoiy nafakalar xarajatlari 44 mlrd, 227,8 mln, so'mni (25,5 foiz) tashkil etmoqda.

III. Mahalliy byudjetlarning qo’shimcha daromad manbaalari bo’yicha

Joriy yil tuman mahalliy byudjetida yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag’i hajmi 2 mlrd. 172.1 mln. so’mni, viloyat mahalliy byudjetida yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag’laridan 2 mlrd. so’m, tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasi orttirib bajarilgan qismi 4 mlrd. 529,4 mln so’mni  va tuman hokimligi zahira jamg’armasi mablag’i 1 mlrd. 305,8 mln.so’m hisobidan, jami 10 mlrd. 007,3 mln.so’m miqdorida qo’shimcha manbaalar shakllanib, ushbu mablag’lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari va tuman hokimligining tegishli farmoyishlariga asosan byudjet parametrlarida ko’zda tutilmagan qo’shimcha xarajatlarga yo’naltirildi.

Bunda birinchi navbatda Davlat dasturlari va Hukumat qarorlarida tasdiqlangan tadbirlarga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bu orqali aholi turmush farovonligini ta’minlash va boshqa muhim ijtimoiy masalalarni moliyalashtirish inobatga olingan.

Jumladan, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “saxovat va ko’mak” jamgarmalariga 4 mlrd. 602,18 mln. so’m va jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun "Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi"ni shakllantirish uchun tasdiqlangan byudjet mablag’lari hisobidan 6 mlrd, 529,0 mln, so’m va 2 mlrd. 535,3 mln. so’m jami 9 mlrd, 064,3 mln. so’m mablag’lar yo’naltirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari o’tkazib kelinmoqda.

Jumladan 2022 yilning fevral-mart, iyul-avgust oylarida o’tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarida jami fuqarolar tomonidan 220 ta loyihalar ilgari surilib, 145 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olingan hamda ushbu loyihalarga 54188 ta (jami Jamg’armaga yo’naltirilgan hamda yil boshiga shakllangan qoldiq mablag’lar doirasida 9 oy davomida o’tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlari yakunlariga ko’ra amalga oshirish qiymati 8.3 mlrd. so’mni tashkil etgan 10 ta loyihalar (30938 ta ovoz to’plagan holda) g’olib deb topilgan.

G’olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan manzilli ro’yxat shakllantirilib, Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

G’olib deb topilgan 10 ta loyihalarga jami 8.3 mlrd. so’m mablag’lar to’liq moliyalashtirib berildi.

 

 

 

 

2015-2024 © GOVERNMENT OF QUSHRABOT DISTRICT. Maked by: SAKTRM