insurez
16-09-2024 10:20

9-maktabda “Street workout” sport maydonchasi tashkil etildi


9-maktabda “Street workout” sport maydonchasi tashkil etildi

Qo‘shrabot tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, bugungi kunda Shavona mahallasidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Street Workout” sport maydonchasi qurilib, ayni vaqtda foydalanishga topshirilmoqda.

Bu ishlarning hammasi mahallada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportning ommaviyligini ta’minlash, aholi o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirishga qaratilgan.

Teglar
- -