insurez
29-03-2024 17:37

Gulchilik sohasida seminar bo‘lib o‘tdi.


Gulchilik sohasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish hamda ularni kasbga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkolik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sohiba Mahmudova va Jomboy tumanidan tashrif buyurgan va ko‘plab yuqori natijalarga erishgan tadbirkor ayol Yulduz Qodirova bilan birgalikda mahallalardagi xotin-qizlar faollariga gulchilik sirlari haqida ma’lumotlar berildi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchilarga ushbu soha orqali daromad topish va ish bilan ta’minlashni o‘rgatishdan iborat, - deydi Sohiba Mahmudova.

Teglar
- -