insurez
28-05-2024 11:00

Kiberjinoyatchilik


                                                Kiberjinoyatchilik

 

Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda jamiyatimizda fuqarolarga va  tashkilot va muassasalarda ishlarni yengillashtirish, inson omilini  kamaytirish, raqamli iqtisodiyotni jadallashtirish, ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechish maqsadida  internet va  tegishli kompyuter   dasturlari orqali ishlarni bajarishga alohida  e’tbor berildi.

Kompyuter texnalogiyalari va internet saytlaridan foydalanish  kundalik  hayotimizning bir bo‘g‘iniga aylanib bo‘ldi.     

Ammo, shu bilan bir paytda  kibermakondagi  jinoyat va huquqzurliklar  ham kundan kun kupaymoqda,  ya’ni saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish, har xil bank plastik va boshqa moliyaviy operatsiya  dasturlari manbalarga buzib kirish, pul mablag‘larini  har  qanday  shaklda  o‘zlashtirish bilan  bog‘liq  kibermakonda sodir etiladigan kiberjinoyatchilik ham ko‘paymoqda.

O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat Kodeksida   kiberjinoyatchilik uchun  alohida  bobda va bir qancha moddalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan  bo‘lsada,  ammo  asosiy tushunchalarda  bu turdagi jinoyatlarga ta’rif  berilmagan.

Biroq, O‘zbekiston   Respublikasi  15.04.2022  yilda  qabul qilingan  O‘RQ-764-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan, ya’ni “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi  qonunida  hozirgi kunda bizni  qiziqtirgan  barcha  masalalar yoritilgan.

 Jumladan, mazkur Qonun jami  40-ta moddadan iborat bo‘lib, ushbu Qonunning  3-moddasida  kiberjinoyatchilik deganda - axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi  deb  ta’rif berilgan.

Kibermakon deb axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit   deb ta’rif birilgan.

Axborotlashtirish ob’ekti — turli darajadagi va maqsaddagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar o‘rnatilgan va foydalaniladigan xonalar.

Kibertahdid — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi shart-sharoitlar va omillar majmui.

Kiberxavfsizlik — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati.

Kiberxavfsizlik hodisasi — kibermakonda axborot tizimlarining ishlashida uzilishlarga va (yoki) ulardagi axborotning ochiqligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanilishining buzilishiga olib kelgan hodisa.

Kiberxavfsizlik ob’ekti — axborotning kiberhimoya qilinishini hamda milliy axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatda foydalaniladigan axborot tizimlari majmui, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari.

Kiberxavfsizlik sub’ekti — milliy axborot resurslariga ega bo‘lish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha elektron axborot xizmatlari ko‘rsatish, axborotni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi sub’ektlari.

Kiberhimoya — kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olishga, kiberhujumlarni aniqlashga va ulardan himoya qilishga, kiberhujumlarning oqibatlarini bartaraf etishga, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot tizimlari hamda resurslari faoliyatining barqarorligini va ishonchliligini tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik chora-tadbirlar, shuningdek ma’lumotlarni kriptografik va texnik jihatdan himoya qilish chora-tadbirlari majmui.

Kiberhujum — kibermakonda apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalangan holda qasddan amalga oshiriladigan, kiberxavfsizlikka tahdid soladigan harakat;

Muhim axborot infratuzilmasi — muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, axborot tizimlari hamda tarmoqlar va texnologik jarayonlar resurslarining majmui.

O‘zbekiston   Respublikasi Jinoyat Kodeksining XX1 –bobi  Axborot texnalogiyalari sohasida jinoyatlar uchun  javobgalik nazarda tutilgan bo‘lib, unda 2781 –moddadan 2787-moddagacha shu turdagi  jinoyatlar uchun   javobgarlik belgilangan.

Undan tashqari,  kibermakonda sodir etilgan   har   qanday  mol-mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq  jinoyatlar  JKning 167-moddasi  3-qismi “g”  bandi, 168-moddasi 3-qismi “g”  bandi  va  169-moddasi 3-qismi “b” bandida  va boshqa  moddalarda  jinoyat   uchun javobgarlik belgilingan.

 

 

Qo‘shrabot tuman  IIB huzuridagi TB

tergovchisi leytenant                                                       X.B.Israyilov

 

 

 

 

Teglar
- -