insurez
28-08-2024 16:39

Milliy gvardiya xodimlari zamonaviy binoga ega bo‘ldi


Milliy gvardiya xodimlari zamonaviy binoga ega bo‘ldi

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Milliy gvardiya Qo‘shrabot tuman bo‘limi yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik B.Jumayev, tuman hokimi D.Shakarboyev, Milliy gvardiya Samarqand viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik R.Nomozov ishtirok etib, xodimlarni yangi bino bilan tabrikladi.

Zamon talablariga mos rekonstruksiya qilinib, jihozlangan binoda xodimlarning samarali ishlashlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Navbatchilik qismi va monitoring xonasi qo‘riqlash xizmatining eng so‘nggi rusumdagi texnika va qurilmalari bilan ta’minlangan.

Xususan, xodimlarning ruhiy holatini boshqarishga ko‘maklashuvchi psixologik mashg‘ulotlar xonasida barcha qulayliklar mavjud bo‘lib, bu yerda boshqarma psixologlari tomonidan har bir xodim bilan individual suhbat olib borish imkoniyati mavjud.

Teglar
- -