insurez
10-09-2024 11:00

Qo‘shrabotda sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda


Qo‘shrabotda sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda

Joriy yilning 7-30-sentyabr kunlari Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari hamda Qo‘shrabot tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida tumanda istiqomat qiluvchi aholi uchun sog‘lomlashtirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan edi.

Mazkur tadbirlarini sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida tumandagi mavjud 45 ta MFYning  22 718 ta xonadonlarida yashovchi 140 749 nafar aholini to‘liq xatlovdan o‘tkazish maqsadida Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasida shtab tashkil etilib, 25 ta viloyat davolash-profilaktika muassasalaridan 500 nafar tibbiyot xodimlari jalb etildi va ularga tibbiyot birlashmasida faoliyat ko‘rsatayotgan 300 nafar xodimlar biriktirildi. 

Ayni paytda tadbirga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida mahallalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar, surunkali, og‘ir va onkologik kasalligi bo‘lgan bemorlarni aniqlash, ularni tibbiy nazoratdan o‘tkazish, sog‘lomlashtirish va davolash choralarini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida tuman markaziy shifoxonasida viloyat davolash-profilaktika muassasalari mas’ul xodimlari ishtirokida 2 ta ginekologik, 3 ta laporroskopik 1 ta travmatologik yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, mahallalarda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Teglar
- -